26.03.2022 1747

2022-yil 26-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida totuvlik, do‘stlik va hamjihatlikka da'vat etuvchi umuminsoniy qadriyatlar aks etgan "Navroʻz – umumxalq bayrami"ga bagʻishlangan "Assalom, Navroʻzi olam!" mavzusida bayram tantanalari boʻlib oʻtdi.

Elimizning quvonchli bayrami – Navro‘z ayyomiga universitet jamoasi tomonidan katta  tayyorgarlik koʻrildi. Sahna maydoni turli koʻrgazmalar va boshqa qiziqarli sahna bezaklari bilan  bayramona ruhda bezatildi.  Unversititning faollar zalida aziz mehmonlar, universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-oʻquvchilar ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. "Navroʻz" musiqa sadolari ostida sahnaga tadbir boshlovchilari chiqib kelishdi va barcha yigʻilganlarni betakror ona yurtimiz – Oʻzbekistonimizga fasli bahor tashrifi, yaʼni “Navroʻzi olam” bilan muborakbod etdilar.

Zero, "Navroʻz" – bu yangi yil, yangi kun demakdir. Shunday ekan, "Navroʻz" barchamizga, butun xalqimizga tinchlik va osoyishtalik, fayz-u baraka, risq-u roʻz, yangi-yangi omad va baxt olib kelsin! Yurtimiz tinch va osmonomiz hamisha musaffo boʻlsin!

Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
 Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor.

Taʼkidlash joizki, bu yilgi bayram tantanalari universitetimizda oʻzgacha sayl sifatida tashkil etilayotgani barchamizni quvontiradi. Zero, osh dasturxoni atrofida barcha birgalikda, bir jon, bir tan boʻlib harakatlanayotgani fikrimizning dalilidir, - deydi davra boshlovchilaridan biri.

Maʼlumki, Oʻzbekistonimizning har bir hududi oʻziga xos mentlitetga va milliy urf-odatlarga ega. Ana shu oʻziga xosliklar universitet talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishlarida yaqqol namoyon boʻldi. Mehmonlar va davra ishtirokchilari hududiy sahnalar davomida, albatta oʻzlari bilgan va bilmagan, eshitgan va eshitmagan qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldilar.

JIDU talabalari tomonidan tayyorlangan ko‘y-qo‘shiqlar, milliy raqslar va chiqishlar yig‘ilganlarga o‘zgacha bayramona  ruh baxsh etdi.

"Navroʻz" tantanalari davomli tarzda universitetning  turli maydonlarida oʻtkazildi. Birinchi maydonda "Navroʻz" sayli, "Navroʻz taomlari dasturxoni" koʻrik-tanlovi, ikkinchi maydonda universitet iqtidorli talabalarining ijodiy ishlari koʻrgazmasi, uchinchi maydonda akademik guruhlar va fakultetlararo sport musobaqalari (kurash, tosh koʻtarish, arqon tortish, darts, armrestling) va toʻrtinchi maydonda  esa mehmonlar, professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar uchun bahoriy taomlar bilan osh dasturxoni bezatildi.

JIDUda ona xalqimizning milliyligini, madaniyatini, mehmondo‘stligini o‘zida mujassam etgan Navro‘z bayrami  kutaringki ruhda nishonlandi!