24.03.2022 1495

2022-yilning 14-18–mart kunlari YeXHTning Bishkek va Dushanbedagi missiyalari tomonidan Strategik rejalashtirish bo‘yicha yosh maslahatchilar uchun o‘quv kursi tashkil etildi.

JIDU “Xalqaro huquq” fakulteti 3-bosqich talabasi Abu Tolib G‘iyosov ushbu kursni muvaffaqqiyatli yakunlab, YeXHTning Bishkek va Dushanbedagi Idoralari rahbarlari tomonidan taqdirlandi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarining davlat xizmatchilari, prezident administratsiyasi va vazirliklari xodimlari, akademik doira vakillari ishtirok etgan o‘quv kursidan ko‘zlangan maqsad strategik rejalashtirish bo֥‘yicha maslahatchilarning rolini chuqurroq anglashga ko‘maklashish, tahlil vositalaridan samarali foydalanish, muzokaralar olib borish, favqulodda vaziyatlarda muloqot qilish tamoyillari, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash kabi sohalarda bilim va ko‘nikmalarni oshirishdan iborat.