18.03.2022 1418

JIDUda Koreyaning Aju universiteti (AU) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. JIDU tomonidan muzokaralarda Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor S.Saidqosimov ishtirok etdi. Koreya tomonidan AU birinchi prorektori prof. Lim Jey Ik va  xalqaro ishlar bo'yicha vitse-prezidenti Son Chjon Xoun ishtirok etishdi.

Tomonlar JIDU talabalari va tadqiqotchilarining O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi har tomonlama munosabatlarning muvaffaqiyatli rivojlanishi, do‘st mamlakatning yuqori texnologiyalarni rivojlantirish tajribasi, koreys tilini chuqur o‘zlashtirish tajribasini o‘rganishga qiziqishi ortib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Muzokaralarda ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi ilmiy va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. JIDU va AU talabalari va magistrantlari ham AU, ham JIDU devorlarida tahsil olish imkonini beradigan qo‘shma diplom yo‘nalishlarini ochishning amaliy masalalariga katta e’tibor qaratildi.

Prof. Lim Jey Ik hozirda AU bilan almashinuv dasturida ishtirok etayotgan JIDU talabalari boshqa mamlakatlar talabalari qatorida eng yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lganlar qatoridaligini ta'kidlab o‘tdi. Prof. Son Chjon Xoun JIDU bilan aloqalarni kengaytirish AU uchun hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlaridan biri ekanligini tasdiqladi.

Yosh tadqiqotchilar, magistrantlar va doktorantlar ishtirokida qo‘shma ilmiy konferensiya va seminarlar o‘tkazish, ularning natijalarini Koreya Respublikasi ilmiy nashrlarida kelgusida e’lon qilish, shuningdek, JIDU va AU talabalari uchun ikki oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilarining onlayn ma’ruzalarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.