03.03.2022 1607

Joriy yilning 1-mart kuni Prezident raisligidagi videoselektor yigʻilishiga bagʻishlangan “Xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash”ga qaratilgan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvni “Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar” boʻyicha rorektor O.Yusufjonov, Davlatimiz raxbarining videoselektordagi soʻzlarini iqtibos tariqasida keltirdi, yaʼni – bizlarga maʼlumki, koʻp ming yillik davlatchiligimiz tarixida buyuk namoyandalarimiz, mohir sarkarda va siyosatchi boʻlgan ota-bobolarimiz yonida hamisha oqila, jasur va fidoyi momolarimiz ham oʻzlarining yuksak aql-zakovati, teran fikr va mulohazalari, amaliy harakatlari bilan mamlakat taraqqiyoti va ravnaqiga munosib hissalarini qoʻshib kelganlar. Shunday ekan, bugungi hayotimiz ham, yorugʻ kelajagimiz ham albatta oila va jamiyatning ustuni, hayotimizning fayzi va koʻrki boʻlgan ayollarga bogʻliqdir-deb uchrashuvni ochib berdi.

Shuningdek, mamlakatimizda oxirgi besh yil ichida xotin-qizlarga boʻlan munosabat va qilingan ishlar xaqida batafsil toʻxtalib oʻtdi, jumladan:

  • 2021-yilda ayollar tadbirkorligi dasturlari doirasida 200 mingdan ziyod loyihalarga 2 trillion soʻm kredit va subsidiyalar ajratilib, 320 ming xotin-qizlar doimiy ish oʻrinlariga ega boʻldi;
  • 2021-yilda 190 ming nafar ayollar kasb-hunarga oʻqitildi;
  • 2020-yilda yoʻlga qoʻyilgan “Ayollar daftari” tizimi doirasida 900 mingga yaqin xotin-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, huquqiy va psixologik koʻmak berildi;
  • 2021-yilning oʻzida 4 mingdan ziyod xotin-qizlarga uy-joy toʻlovining boshlangʻich badaliga mablagʻ ajratildi;
  • 2 ming nafar qiz alohida grant asosida oliygohlarga qabul qilindi, yana 1 ming 800 nafariga kontraktlari toʻlab berildi. Natijada 2021-yilda oliygohlarga kirgan talabalarning 60 foizini xotin-qizlar tashkil etdi.

Shuningdek, Prezidentimiz xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash soxasining yangi tizimini belgilab berdilarki unga koʻra, “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida ham ayollarga munosib sharoit yaratish, ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash masalasi ilgari surilgan.

Ushbu muhim vazifalar ijrosini tizimli tarzda amalga oshirishni taʼminlash maqsadida Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasini tashkil etish boʻyicha Farmon imzolangaligi xaqida toʻxtalib oʻtildi.

Yangi Qoʻmita raisi ayni paytda Bosh vazir oʻrinbosari va Senat aʼzosi sifatida faoliyat yuritishi xaqida maʼlumot berildi.

Universitet Xotin qizlar maslaxat kengashi raisi E.Sultonova, “Taʼlim tizimining barcha pogʻonalarida oʻqishga intilgan xotin-qizlarni uchun 2022-2026-yillarga moʻljallangan Xotin-qizlar taʼlimini qoʻllab-quvvatlash dasturi xaqida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, ayni paytda ayollarimiz ulushi past boʻlgan aniq fanlar, texnika va huquqshunoslik yoʻnalishidagi OTMlarda xotin-qiz talabalar ulushi hozirgi 24 foizdan 40 foizgacha yetkazilganligi, yangi oʻquv yilidan boshlab magistraturada oʻqiyotgan qizlarning kontrakt pullari toʻliq byudjet xisobidan qoplab berilishi, shuningdek har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuborilishi xaqidagi imkoniyatlar berilganligi va bu imkoniyatlar hali bizning tariximizda umuman boʻlmaganligi davlatimiz rahbari tomonidan munosib tuxfa ekanligini aytib oʻtdi.

Universitet Xotin qizlar maslaxat kengashi raisi muovini S.Tillaxodjayeva, Prezidentimiz raxbarligida oʻtkazilgan selektor yigʻilishi bahor  bayrami oldidan oʻtkazilganligi, kandaydir ramziy maʼnoga ega desak adashmaymiz. Chunki aynan,  bayram oldi xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga karatilgan dolzarb vazifalarni belgilab olinishi, bu juda quvonarlik xol deb bilamiz. Xammamiz bilamizki, Davlatimiz rahbari oʻzlarining ilk prezidentlik kunlaridanoq, ayollarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularni iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish masalasini, davlat siyosati darajasiga olib chiqdilar, va bu yoʻnalishda bir qator qaror va farmoyishlar qabul qilinib, bugungi kungacha  shu qarorlar ijrosi asosida ijobiy natijalarga erishib kelinmoqda. Masalan bu yilgi qabulda, Prezident qarori asosida “Xotin-qizlar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand oila farzandlari byudjet xisobidan oʻqishga qabul qilinganligi bunga yaqqol misol boʻla oladi. Shuningdek- yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy oʻqishga sharoit yaratilishi, yosh onalarimizga berilgan imkoniyat deb bilamiz, bunda onalarimizning “Farzand tarbiyasidagi roli xam katta axamiyat kasb etgan. Shuning uchun “Farzandlarimizni yaxshi xulq egalari qilib tarbiyalashimizda,  avvalo, millat onalari tarbiya va ilm olishlari lozim”, deb- raxbarimiz soʻzlaridan iqtibos keltirdi.

Shuningdek, “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti soxibi, “Mexr-saxovat” koʻkrak nishoni soxibi, Respublika “Qizlar ovozi” maktabi asoschisi Nilufar Kiyamova, mamlakat istiqboli uchun maʼsuliyatni oʻz zimmasiga olishga tayyor qizlar safini kengaytirish orqali jamiyatda gender tengligini taʼminlash, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi isloxotlarda qizlar faolligini oshirishga qaratilgan “Yoshlar siyosatida gender tenglik” mavzusiga aloxida toʻxtalib oʻtdi.