01.03.2022 1371

Hammamizga yaxshi ma’lumki, inson va jamiyat hayotida, xalqning ma’naviy dunyosini, ong-u tafakkurini yuksaltirishda teatr san’atining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy aytganlaridek, teatr haqiqatan ham ibratxona, qutlug‘ tarbiya va ma’rifat maskanidir.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusning birinchi yo‘nalishi doirasida, ya’ni yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida, joriy yilning 26-fevral kuni JIDU Yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalash bo‘limi tomonidan talaba-yoshlarni O‘zbekiston davlat drama teatriga tashrifi uyurishtirildi. Teatrda buyuk yozuvchi  O‘tkir Hoshimovning  “Dunyoning ishlari” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl premyerasi namoyish etildi. Mazkur spektaklda 1950-yillarda yozuvchi oilasining boshidan kechirgan voqealari ifodalangan. Shuning bilan birga davr azoblaridan to‘yib, o‘z oilasini himoya qilishga qodir ayol taqdiri orqali onaning iztiroblari ham mohirona ifodalangan bo‘lib, asarda o‘zbek ayolining orzulari, armonlari, ertangi kunga bo‘lgan yuksak ishonchi jonli gavdalantiriladi.

O‘zbekona milliy qadriyatlarimiz hamda yuksak insoniy fazilatlarni o‘zida  aks ettirgan ushbu spektakl talabalarda katta taasurot qoldirdi.