21.02.2022 1134

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya unversitetining O‘zbek va rus tillari kafedrasi tomonidan buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi va Shoh, shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining  539-yilligi  munosabati bilan “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari!” degan bosh tamoyil asosida  tanlovlar  o‘tkazildi. Tanlov doirasida turli yoʻnalishlarda tahsil oluvchi 50 nafar JIDU talabalari ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:

“Hazrat dunyo kezar (Alisher Navoiy va zamonaviy dunyo)” va “Bobur siyosatchi“  mavzularida insholar tanlovi:

  1. Mahmudjon Madadov - Xalqaro huquq, 4-kurs, 1-o'rin;
  2. Sardor Jiyanov - Xalqaro huquq, 2-kurs, 2-o'rin;
  3. Parinomai Behbud Amirqulova - Xalqaro huquq, 1-kurs, 3-o'rin.

“Navoiy va yoshlar” maxsus dasturi asosida talabalar o‘rtasida “Navoiy  siymosi va ijodi XXI asr o'quvchisi nigohida”  mavzusida publitsistik maqolalar tanlovi:

  1. Akobir Rashidov - Xalqaro huquq, 2-kurs, 1-o'rin;
  2. Nodirbek Ernazarov - Xalqaro munosabatlar, 1-kurs, 2-o'rin.

“Vatanda yangramoqda Navoiyning asriy nidosi”  dasturi asosida videoroliklar tanlovi:

  1. Umida Raxmonova – Xalqaro huquq, 1-kurs, 1-o‘rin;
  2. Abbosjon Nasimjonov – Xalqaro huquq, 2-kurs, 2-o‘rin;
  3. Shoxrux Qo‘chqarov  - Xalqaro iqtisodiyot va menejment, 2-kurs, 3-o'rin.

Tanlov g‘oliblarini muvaffaqiyatlari bilan qutlab, ularga yangi marralarda zafarlar tilab qolamiz!