"Demokratlashtirish, faol fuqarolik jamiyati va inson huquqlari ustuvorligi"
18.02.2022 1463
Joriy yilning 17-fevral kuni Toshkent shahri Markaziy Osiyo davlatlarining “aql markazlari”, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va xalqaro ekspertlar uchun “Demokratlashtirish, faol fuqarolik jamiyati va inson huquqlari ustuvorligi” mavzusida muloqot tashkil etildi.
Ushbu tadbir “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlikda Konrad Adenauer nomidagi fondning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi koʻmagida
mahalliy va xorijiy ekspertlar ochiq munozara shaklida jamiyatni demokratlashtirish, islohotlar jarayoniga fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilishning zamonaviy tendensiyalari, inson huquqlarini ilgari surishning ilgʻor tajribalari, fuqarolik jamiyatini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Sessiya yakunlari boʻyicha davlat va nodavlat sektorlari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish, zamon talabalariga oʻz vaqtida va unumli javob berishda fuqarolar ishtirokini kuchaytirish, inson huquqlarini ta’minlashda ilgʻor tajribalarni joriy etish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.