16.02.2022 1584

Joriy yilning 14-fevral sanasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ‘‘B’’ korpus faollar zalida i.f.d., professor Mavlanov Ibragim Radjabovich bilan talabalar o‘rtasida “Ikki avlod uchrashuvi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida I.R.Mavlanov o‘zining katta hayot tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Xususan, muallif o‘zini uzoq yillar davomida O‘zbekistonning Latviyadagi diplomatik missiyasi rahbari, Hindiston va Bangladeshdagi Favqulodda va muxtor elchi hamda Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgani, shu  o‘rinda, diplomatik munosabatlarni amalga oshiruvchi shaxslar ega bo‘lishi lozim bo‘lgan fazilatlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Diplomatik munosabatlarni amalga oshiruvchi diplomat shaxs jumladan, intellektual potentsiali yuqori, yaxshi bilimga ega, maʼnaviyati va ruhiyati kuchli, davlat manfaatlarini yaxshi anglab yetgan va o‘z xalqi uchun har qanday vaziyatda ham jonini fido qilishga tayyor boʼlish kabi xislatlar shular jumlasidandir.

Tadbir so‘nggida, I.R.Mavlanov universitet talabalariga “Xalqaro iqtisodiy muzokaralar olib borish” kursi mavjud ekanligi, xususan, talabalarning ushbu yo‘nalishdagi ilmiy faoliyatiga yaqindan yordam berishga tayyor ekanligini ma‘lum qildi. “Ikki avlod uchrashuvi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri talabalar bilan ochiq va samimiy muhitda tashkil etildi.