15.01.2022 1307

Joriy yilning 14-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi F-4-son farmoyishi bilan tasdiqlangan dasturning 27-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Vatanim tayanchiman” mavzusida onlayn tarzda tadbir oʻtkazildi.

Ushbu onlayn bayram tadbirida, universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.Yusupjanov, Toshkent harbiy okrugi Tarbiyaviy ishlar boshqarmasi katta ofitseri podpolkovnik E.Meliboyev, Yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalash bo‘limi boshlig‘i F.Yaxshiyev, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Shuningdek, tadbirda milliy armiyamiz mamlakatimizda erkin, ozod va farovon hayot bunyod etish, demokratik islohotlarni samarali amalga oshirish yoʻlida ishonchli kafolat boʻlib keloyotganligi e'tirof etildi. Tadbir davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Bundan tashqari universitetda bayram munosabati bilan “Vatanga muhabbat-eng muqaddas tuygʻu” mavzusida insholar tanlovi, “Vatanimga munosib qalqon boʻlaman” videoroliklar tanlovlari oʻtkazilmoqda.