13.01.2022 1240

Joriy yil 13-yanvar kuni qishki taʼtil davrida talabalar uchun tashkil etiladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar rejasiga muvofiq universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.Yusupjanov, Yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalash bo‘limi boshlig‘i F.Yaxshiyev, universitet psixologi O.Arziyev hamda tyutorlar tomonidan “Universitetni bitirgandan so‘ng… (muammo va yechimlar)” mavzusida navbatdagi onlayn psixologik trening tashkil etildi.

Trening jarayonida talabalar kelajakda yetuk, barkamol va har tomonlama rivojlangan inson bo‘lishlari uchun ularning ijobiy fazilatlarini o‘stirish, ra’d etilgan hislatlarini topish va ularni to‘g‘ri maqsadlarga yo‘naltirish borasida qiziqarli bahs-munozara bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, talabalar o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tushkunlik va nohush holatlarning oldini olish maqsadida “Ishga kira olmasam unda…” nomli mashg‘ulot o‘tkazilib, mashg‘ulot davomida psixologik, diagnostik hamda korreksion metodlardan unumli foydalanildi.

Bundan tashqari, psixolog talabalar bilan muloqot davomida “Ish beruvchi va ishga kiruvchi suhbati” deb nomlangan interaktiv simulatsion o‘yinlar tashkil etdi.

Umuman olganda psixologik trening ochiq, savol-javoblarga boy hamda yuqori darajada o‘tdi.