12.01.2022 1115

Joriy yil 11-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektorining O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 6-yanvardagi 2-sonli “Ta’lim muassasalarida 2021/2022-o‘quv yilining ikkinchi yarmini yangicha tartibda boshlash uchun to‘liq va puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘ining 6-bandi ijrosini ta’minlash haqidagi buyrug‘iga ko‘ra universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.Yusupjanov, Yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalash bo‘limi boshlig‘i F.Yaxshiyev, universitet psixologi O.Arziyev hamda tyutorlar tomonidan “Ijtimoiy moslashuvchanlikni oshirish va stressdan chiqish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusida onlayn psixologik trening tashkil etildi.

Treningda universitet psixologi tomonidan talabalarda moslashuvchanlikni oshirish, ruhiy tushkunlikni yengish usullari, muvaffaqqiyatga erishish yo‘lidagi mavjud muammolarni samarali bartaraf etish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni yanada  orttirish bo‘yicha tavsiya va maslahatlar berildi.

Hammamizga ma’lumki, ruhiy yetuklik bugungi kunda har bir soxaning dolzarb masalasi sanaladi. Bu yo‘nalishda muammolarni bartaraf etish uchun universitetda “JIDU psixolog xizmati” (https://t.me/+AcBVm17i_1owOTU6) telegram kanali ochildi. Bu kanal orqali psixologik soxada o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz yoki universitet olishingiz mumkin.

Ushbu onlayn psixologik trening talaba-yoshlarning motivatsiya olishlariga yordam berishi inobatga olinib, bunday tadbirlarni muntazam ravishda o’tkazib borishga kelishib olindi.

Barcha talabalarimizni qishki ta’til davomida tashkil etiladigan tadbirlarda faol ishtirok etib, oʻz bilim va salohiyatlarini namoyon qilishga chorlab qolamiz!