Teatr-tarbiya va ma’naviyat maskani
28.12.2021 3800
Hammamizga yaxshi ma’lumki, inson va jamiyat hayotida, xalqning ma’naviy dunyosini, ong-u tafakkurini yuksaltirishda teatr san’atining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy aytganlaridek, teatr haqiqatan ham ibratxona, qutlug‘ tarbiya va ma’rifat maskanidir.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusning birinchi yo’nalishi doirasida, ya’ni yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida, joriy yilning 26-dekabr kuni JIDU Yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalash bo’limi hamda 1-kurs tyutorlari tomonidan talaba yoshlarni O’zbek Milliy Akademik Drama teatriga tashrifi uyushtirildi. Teatrda Erkin Hushvaqtov ssenariysi asosida sahnalashtirilgan “Andishali kelinchak” nomli komediya janridagi spektakl namoyish etildi. Milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni o’zida mujassam etgan ushbu spektakl talabalarda katta taasurot qoldirdi.