28.12.2021 1972

Joriy yilning 9-dekabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ishtirokchi-davlatlari konferensiyasi shaklidagi BMT Modeli sessiyasiga start berilgan edi.

Tadbir Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan haftalik doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi va “Mintaqaviy muloqot” tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Sessiyada Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistratura bosqichi talabalari, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, Namangan davlat universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, Bosh prokuratura Akademiyasining magistratura tinglovchilari ishtirok etishdi.

Sessiyaning kun tartibi Konvensiyaning II bobi – Korrupsiyani oldini olish chora-tadbirlari: ommaviy mansabdor shaxslarning odob-axloq kodekslariga e’tibor qaratgan holda amalga oshirish mexanizmi masalalarini o‘z ichiga oldi. Kunning birinchi bosqichi doirasida ishtirokchilar uchun “Mintaqaviy muloqot” tashkiloti eksperti Goran Klimenchich va Bosh prokuratura Akademiyasi trenerlari ishtirokida seminar-trening tashkil etilib, unda Konvensiyaning 8-moddasi va sharxni o‘tkazish mexanizmlarini amalga oshirish bo‘yicha milliy va xalqaro standartlar hamda ilg‘or xorijiy tajribani yoritib berishgan edi.

24-dekabr kuni yakuniy bosqichda rolli o‘yin shaklida o‘tkazilgan musobaqada Oliy ta’lim muassasalarining yuridik sohadagi magistratura tinglovchilari debatlarni o‘tkazish qoidalariga asosan BMT Konvensiyasi ishtirokchi-davlatlari delegatlari sifatida Konvensiyaning 8-moddasi qoidalarini amalga oshirish hisobotlarini himoya qilgan holda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ishtirokchi-davlatlari konferensiyasi modeli: “BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini amalga oshirish mexanizmi: ikkinchi bosqichi obzori” musobaqasida JIDU Magistratura talabalari Berkinov Jaxongir, Sindarov Shokhnur, Aliyev Usmon, Xamidullayev Bilolxon, Egamberdiyeva Manzura, Abdushukurova Nozimabonu va trener sifatida Sarvarbek Ibadullayevlar faol qatnashib sertifikatlarni qo`lga kiritdilar.