20.12.2021 1401

Joriy yilning 16-17 dekabr kunlari “Ayollar, tinchlik va xavsizlik” va uning inson huquqlari va barqaror rivojlanish bilan aloqasi mavzusidagi xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.

Unda Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, YXHTning O‘zbekiston Respublikasi Gender tengligining oldini olish markazi direktori, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi Akademiyalari, hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori Sultonova E.S. va stajor doktarant Zakirova M.A. ishtirok etdilar.

Аyollar mojarolar va mojarodan keyingi jamiyatlarning eng zaif guruhlari hisoblanadi va ko'pincha zo'ravonlik, qo'rqitish, zo'rlash, odam savdosi va majburiy nikoh kabi turli zo'ravonlik turlariga duchor bo'ladi.

Konferensiyada BMT Ayollar Xavfsizlik Kengashining 1325-sonli rezolyutsiyasi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy harakatlar rejasi istiqbolli ko’rib chiqildi.

 Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1325-sonli qonuni ayollarning nizolar va mojarodan keyingi vaziyatlarda jinsiy zo'ravonlikka ayniqsa zaif ekanligini tan oladi va ularni himoya qilishga chaqiradi.

Ekspertlar tomonidan xorijiy tajriba atroflicha tahlil qilinib, mavzu yuzasidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori Sultonova E’tibor Siddikovna maʼruza qildilar.

Konferensiya natijalariga ko’ra, ayollrning xavfsizligi, ularning parlamentdagi ulushi, diskriminatsion normalari singari kategoriyalar asosida tuzilgan reytingda O’zbekiston Ayollar, tinchlik va xavfsizlik global indeksida 170 ta mamlakat ichidan 74-o’rinni egallaganligi ko’rsatib o’tildi.

Anjuman yakunida shu kabi tadbirlar oʻtkazishga, hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishildi.