Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulotda va Muxtor Elchisi JIDUga tashrif buyurdi
15.12.2021 1655
JIDUga Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulotda va Muxtor Elchisi janob Gillani Sayid Ali Asad tashrif buyurdi.
Oliy martabali mehmonga elchi o‘rinbosari Vasim Shahzod va uchinchi kotib Ramzan Muhammad hamrohlik qildi.
JIDU tomonidan uchrashuvda Xalqaro ishlar bo‘yicha prorektor
S.S. Saidkasimov va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig’i A.I. Muhitdinov ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Pokiston Diplomatik xizmat akademiyasi va JIDU o‘rtasida 2021-yil iyul oyida Pokiston Islom Respublikasining Bosh vaziri Imron Xonning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi asosida tomonlarning qo‘shma hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘tarildi.
Memorandum doirasidagi hamkorlik akademik va ilmiy materiallar almashish, kutubxona faoliyatini samarali boshqarish va ta’lim muassasalarida o‘qitish bo‘yicha bilim va tajriba almashish, shuningdek ilmiy konferensiya, seminar va simpoziumlarda ishtirok etish uchun tomonlar delegatsiyalari va vakillarini o‘zaro almashishni va boshqa shu kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.