JIDU ayollarning ilmiy-pedagogik faoliyati
14.12.2021 1672
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 80 nafarga yaqin olima ayollar, o‘qituvchilar ilmiy faoliyat olib bormoqda, 170 nafarga yaqin ayollar turli bo‘limlarida – menejment, marketing, shuningdek, resurs, mayshiy va boshqa hizmat ko`rsatish sohalarda muvaffaqiyatli mehnat qilib qilmoqda. Etti nafar olimalar kafedra mudiri, sakkiz kishi turli darajadagi rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib bormoqda. Masalan, fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori yuridik fanlar doktori Gulnoza Ismailova, kadrlar bo‘limi mudiri Dilfuza Normetova, universitet kutubxonasi direktori ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis Irina Ivanovna Klimitenko, amaliyot boʻlimi boshligii Diloro Riskidinova va boshqalar. JIDUda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda ushbu barcha olima va xizmatchi ayollar haqida so‘z yuritildi.
Siyosiy fanlar doktori, professor E’tibor Siddiqovna Sultonovaning “G‘zal qalbli insonlar. JIDU olima va ustozlar haqida» nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur nashrda olima, pedagog ayollarning, fan nomzodi va doktorlari, professor, dotsent, o‘qituvchilarning serqirra va fidokorona mehnati, universitetdagi o‘quv-tarbiyaviy va tashkiliy-ma’rifiy respublika, hamda xalqaro tashkilotlardagi faoliyati o‘z aksini topgan. Ular orasida dotsent G.M.Rahmatullaeva, professor, huquq fanlari doktori S.M. Odilxo‘jaeva, fizika-matematika fanlari doktori, professor G.M.Raimova, “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi mudiri L.M. Toshpo‘latova, dotsent I.A. Cherkashina va boshqalar.
E.Sultonova o‘z kirish so‘zida O‘zbekistonda olima, xotin-qizlar va qizlarning jamiyatdagi mavqeini oshirish, iqtidorli va ijodkor shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi, chunki Uchinchi Uyg'onish davridagi g'oyalarni rivojlantirish, mustahkamlash masalalari zamonaviy yoshlarimiz, ularning ustozlari, murabbiylari zimmasiga yuksak mas’uliyat yuklaydi.
JIDU Xotin-qizlar kengashi raisi sifatida professor E.S.Sultonova ko‘plab ilmiy va tashkiliy ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Professor E.S.Sultonova Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi doktorlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kengash raisi, Toshkentdagi “Olima” uyushmasi raisi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash komissiyasi raisining o‘rinbosari. ShHTning Toshkentdagi Xalq dipplomatiya markazi bilan faol hamkorlik qilishi, xalqaro forumlarni tashkil etish va o‘tkazishdagi ishtiroki uchun E.S.Sultonova “Xalq diplomati” unvoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, u oliy hukumat mukofotlari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
Tantanali tadbirlarda ShHTning O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobuljon Qosimovich Sobirov ishtirok etdi va nutq so‘zladi. U Markaz faoliyati, uning tarixi, vazifalari haqida so‘zlab berdi, shuningdek, turli jabha va yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga ko‘maklashgani, ko‘rsatayotgan yordami uchun JIDU olima- pedagoglariga minnatdorchilik bildirdi.
Mazkur forum doirasida ShHTga aʼzo davlatlar yetakchi ayollarining Toshkent forumi materiallari asosida tayyorlangan toʻplam nashr etilgani eʼlon qilindi.
To‘plamdagi ko‘plab maqolalar mualliflari JIDUning olima ayollari bo‘lganligi quvonarli. To‘plamda E.S.Sultonovaning “Zamonaviy xalqaro munosabatlarda ayollar yetakchiligi”, L.M.Toshpo‘latovaning “Barqaror rivojlanish maqsadlarini ta’minlashda O‘zbekiston ayollarining ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish”, G.M.Raimovaning “Ayollarning fan va texnjlogiyaga qo‘shgan hissasi”, S.T.To‘rayevaning “ShHT mamlakatlarida jamiyatning ekologik rivojlanishida ayollarning roli”, U.Sharipovaning “Ayol jamiyat va davlatning diqqat markazida” va boshqalarning maqolalari chop etildi.
Tadbirlar ishtirokchilaridan Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kafedra mudiri L.M. Toshpo‘latova, universitet nashriyoti muharriri S.X.Yusupov va boshqalar takliflar bildirildi. Forumning barcha ishtirokchilariga esdalik sovgʻalari hamda nashr etilgan ikkita kitob – “Gʻoʻzal qalbli insonlar” va “Barqaror taraqqiyotni taʼminlashda yetakchi ayollar rolini oshirish” nomli kitoblar taqdim etildi.
Fotima Mo'minova,
professor, JIDU nashriyoti muharriri