JIDU Yaponiyaning Vakayama yetakchi universiteti bilan talabalar almashinuvi bo'yicha hamkorlik shartnomasini tuzdi
13.12.2021 1343
Joriy yilning noyabr oyida JIDU va Yaponiyaning Vakayama universiteti bilan talabalar almashinuvi bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. Yaponiya tomonidan shartnomani Prezident Dr. Itoh Chihiro imzoladi, JIDU tomonidan esa – Universitet rektori S.S.Safoyev.
Shartnoma talabalar almashinuvi bo'yicha keng hamkorlikni nazarda tutadi, uning doirasida talabalarga xorijda dars (kurs) yoki amaliyot o'tash imkoniyati beriladi.
Shartnoma doirasida “Xorijda talabalar oʻqish” almashinuvi dasturi boʻyicha talabalarga bir semestr yoki toʻliq oʻquv yili davomida turli boʻlimlarda bakalavriat kurslarida qatnashish mumkin. Ushbu dasturlarda ishtirok etish bilim darajasini baholash uchun tegishli kredit/ballarni olish imkonini beradi.
Shartnoma imzolanishidan oldin JIDU va Vakayama rahbariyatlarining o‘rtasida bir necha uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan, shu jumladan onlayn formatda ham.