JIDUda JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida tashkil etilgan Yaponiya bo‘yicha ma’ruzalar davom etmoqda
10.12.2021 1427
JIDU JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida Yaponiya bo‘yicha tashkil etilgan ma’ruzalar turkumini davom ettirmoqda.
Ushbu tadbir doirasida 4-noyabr kuni JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalari JICA prezidenti Dr. Kitaoka Chiniti «Meiji restavratsiyasi haqida: Yaponiyani modernizatsiya qilish» mavzusidagi ma’ruzani tinglash imkoniga ega bo’ldilar. Ma’ruza talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Taqdimot yakunlangach, JICA prezidenti Dr. Kitaoka Chiniti tinglovchilarning savollariga javob berdi.
Ushbu sermazmun ma’ruzaning davomi sifatida Tokio universiteti professori, Yaponiya iqtisodiyoti tarixi bo‘yicha mutaxassis, Dr. Okazaki Tetsujining «Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiyada sanoatning rivojlanishi» mavzusidagi ma’ruzasi bo’ldi.
Tokio universiteti professori JIDU talabalariga Yaponiya iqtisodiyotining urushdan keyingi davri haqida gapirib berdi, uning rivojlanishining uchta asosiy bosqichlarini belgilab berdi. Shuningdek, tingovchilarga Yaponiyaning urushdan keyingi davrda iqtisodiyotni tiklash va uning o‘sishining asosiy strategik vazifalari haqida ma’lumot berdi.
Dr. Okazaki Tetsuji, Yaponiya sanoatini tiklash va rivojlantirish rejasini amalga oshirishning asosiy me’zonlari haqida ta’kidlab o’tdi.
Ma'ruza tugagach, Dr. Okazaki Tetsuji yig‘ilganlarning savollariga javob berdi, shundan so‘ng Yaponiyada iqtisodiy barqarorlikni saqlash maqsadida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar yuzasidan muhokama va fikr almashildi.