09.12.2021 1362

JIDU “Street Law” jamoasi hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Huquq nazariyasi va davlat boshqaruvi” kafedrasi hamkorligida 1992-yil 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan 2021-yil 4-dekabr kuni Chinoz tumanidagi Respublika qizlar ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida rasmlar tanlovi o‘tkazildi, shuningdek, 3 dekabr kuni Zangiota tumanidagi
24-sonli voyaga yetmaganlar uchun Axloq tuzatish koloniyasi o‘g‘il bolalari o‘rtasida tanlov e’lon qilindi.

“Street Law” jamoasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining professor-o‘qituvchilari hamda 2-kurs talabalari bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlar o‘rtasida ularning huquqiy madaniyatini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini puxta o‘rganishni targ‘ib qilish, shuningdek, ularning ijodiy salohiyatini namoyon etishlari uchun iqtidorlar tanlovi tashkil etilishini e’lon qildi. Tanlovda Chinozlik ishtirokchilarga o‘z rasmlari orqali Konstitutsiyaning O‘zbekiston uchun ahamiyati haqidagi tasavvurlarini namoyish etish imkoniyati berildi. Zangiota axloq tuzatish koloniyasi ishtirokchilariga nafaqat rasm chizish, balki hunarmandchilik va hokazolar orqali ham o‘z iste’dodlarini namoyon etish imkoniyati yaratiladi.

JIDU qoshidagi Yuridik klinika direktori Z.S. Ubaydullayev ta’kidlaganidek: “Ushbu tanlov bolalar tomonidan Konstitutsiyaning fuqarolik jamiyatidagi o‘rnini o‘rganishga hissa qo’shdi, bu albatta, “Street Law” loyihasi maqsad va vazifalaridan biri bo’lgan voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqiy bilimlarni targ‘ib qilishga mos keladi. Bundan tashqari, ushbu muassasalar tarbiyalanuvchi va tarbiyalanayotganlarining ijodiy faoliyatidagi ishlari, shubhasiz, bolalarni yanada ko'proq yutuqlarga erishishga va o'z ustida ishlashga undaydi!

Tanlov 2021-yilning 4-dekabr kuni Chinoz shahrida bo‘lib o‘tgan bo‘lib, unda qizlar o‘z iste’dodi va Konstitutsiyaga oid bilimlari bilan hakamlarni hayratda qoldirdi. Tanlab olingan 10 nafar g‘olib qizlar nafaqat rasmni chiroyli chizgan, balki uning ma’nosini ham tasvirda yoritib bera olgan. G’oliblar bo’lgan qizlar esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandilar.

Tez orada jamoamiz Zangiotadagi 24-sonli Axloq tuzatish koloniyasiga tashrif buyurib, mazkur muassasa tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan rasmlarni baholaydi.