22.11.2021 1517

Joriy yilning 20-noyabr kuni Toshkent shahridagi “Paxtakor” stadioni hududida “JIDU Ekoklub” ekoklubi faoliyati doirasida JIDU Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti 2-kurs 5-sonli talabalar jamoasi “Xalqaro iqtisod” kafedrasi dotsenti Turaeva Suriya boshchiligida Abzalxanov Dilnoza, Mukarramova Kamola, Abdullaev Jasurbek va Murodov Anvar “Orolni asrang” ommaviy poyga dasturida Ekiden estafetasida ishtirok etishdi. Birinchi bo'lib Yaponiyada bo'lib o'tgan va bu mamlakatda eng mashhur hisoblanadi. Ekiden klassik versiyasi marafon masofa umumiy uzunligi bilan olti bosqichli hisoblanadi.

“Orolni asrang” poygalarining maqsadi Orol dengizining qurishi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlarga jamoatchilik e’tiborini qaratish va Orolbo‘yi mintaqasini tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirishdan iborat.