"Ayollar huquqi"ga doir mahorat darsi
19.11.2021 1510
Joriy yilning 18- noyabr sanasida "Inson huquqi" fani doirasida "Ayollar huquqi" mavzusiga atalgan , "Xalqaro huquq" yo'nalishi 4- bosqich talabalari uchun yuridik fanlari doktori, professor G.A. Matkarimova bilan mahorat darsi bo'lib o'tdi.
Mahorat darsi doirasida ayollarning huquqlariga doir savollar ko'rib chiqilib, xususan, ayollar huquqining inson huquqlaridek; O'zbekistonning asosiy xalqaro hujjatlarga qo'shilishi, ayollar huquqini himoya qilishga mo'ljallangan tamoyil va normalar, xususan: ayollarga nisbatan har qanday turdagi diskriminatsiyani tugatish tog'risidagi Konvensiya, ayollarning siyosiy huquqlari tog'risidagi Konvensiya, onalikni himoyalash va boshqa turdagi xalqaro ayollar huquqiga doir xalqaro hujjatlar , shu bilan birga milliy qonunchilik doirasidagi gender tenglik va ayollarning har tomonlama rivojlanishi uchun eng ma'qul shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan maxsus choralar kabi savollar ko'rib chiqildi.