Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning vazifasiga kirishish tantanali marosimiga bagʼishlangan Oliy Majlis palatalari qoʼshma majlisidagi "Yangi Oʼzbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yoʼlini qatʼiy davom ettiramiz” mavzusidagi nutqi asosida maxsus dars
18.11.2021 1538
Shu yilning 17-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasining yangi saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatasining qo‘shma majlisidagi inauguratsiya marosimidagi nutqi asosida “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot strategiyasiga asoslangan demokratik islohotlar yo‘li” mavzusida maxsus dars bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 2-kurs talabalari Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning joriy yil 6-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan tantanali marosimdagi nutqida bildirilgan “O‘zbekistonni rivojlantirishning yangi taraqqiyot strategiyasi”da belgilab berilgan asosiy tamoyil va yo’nalishlari bilan yaqindan tanishtirildi. Mamlakatimiz rahbari tomonidan “Harakatlar strategiyasidan taraqqiyot strategiyasi sari” g‘oyasi belgilab berilgan islohotlarning asosiy tamoyili ekanligi talabalarga tushuntirib berildi. Talabalar e’tibori Yangi O’zbekiston, “Inson-jamiyat-davlat” tamoyili asosida shakllantirilishiga qaratildi. Shu bilan birga, Strategiyaning ettita asosiy yo‘nalishi alohida tahlil qilib berildi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Vatan farovonligi yo‘lida yangi g‘oyalar, amaliy takliflar izlash zarurligi bilan shartlangan yondashuvga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, O‘zbekiston pragmatik, muvozanatli tashqi siyosat va iqtisodiy diplomatiyani davom ettirishi qayd etildi. Bu, birinchi navbatda, Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, dunyoning barcha mintaqalaridagi hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirishi ta’kidlab o’tildi.