14.11.2021 21821

Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2021 yil 12 noyabr kuni yoshlar o‘rtasida  diniy bag‘ri kenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,  hozirgi kunda yoshlar orasida uchrab turayotgan turli oqimlarga bilmasdan qo‘shilib ketish holatlari, hamda Vatanimiz ravnaqiga putur yetkazmoqchi bo‘lib turgan diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, ularni oldini olish, dinlar o‘rtasida o‘zaro ishonch,  turli dinlarga e’tiqod qiluvchi insonlar o‘rtasida o‘zaro  hurmat,  teng huquqlik, tinchlik va  totuvlikni targ‘ib qilish maqsadida  “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Tinchlik – eng oliy ne’mat” va  “Biz – yoshlar diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz” shiorlari ostida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirga  tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi Terorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi mutaxassis xodimi O.Yusupov, Din ishlari bo‘yicha Toshkent shahar bosh boshqarmasi mutaxassisi J.Meliqo‘ziyev, TDYU dotsenti R.Ko’chkarov, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi yetakchi mutaxassisi E.Norpo‘latovlar  so‘zga chiqib,  milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan, din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan turli diniy ekstremistik tashkilotlarning yoshlarni aldov yo‘li bilan o‘z saflariga qo‘shib olayotganidan, talaba-yoshlarni bunday guruhlar tahdididan doimo ogoh va hushyor bo‘lishi kabilar to‘g‘risida fikr va mulohazalarni bildirib, Islom dini insoniyat, jamiyatimizda faqatgina mehr-muhabbat, do‘stlik, ezgu ishlarni amalga oshirishga da’vat etuvchi yagona din ekanligini, bugungi kunda tinch va  osuda osmon ostida yashab, bilim olayotganimiz uchun doimo shukronalik hissi xech birimizni tark etmasligi lozimligini ta’kidlab  o‘tdilar. Shuningdek, tadbirda O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari, huquqiy, madaniy, savodxonlik, radikalzm, ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash hamda yoshlarga oid davlat siyosati masalalari bo’yicha tushuntirildi.

Tadbir so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar va yoshlar o‘rtasida bu kabi uchrashuvlarni tez-tez tashkil qilish va o‘tkazib turishga kelishib olindi.