11.11.2021 1429

2021-yilning 8-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Londonning Regents universiteti professori, Chatham House tahliliy markazining katta ilmiy maslahatchisi Yossi Mekelbergning Yaqin Sharqdagi xalqaro jarayonlar bo‘yicha ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. U o‘z ma’ruzasida Yaqin Sharq mintaqasidagi yangi tendensiyalar, O‘zbekiston-Isroil munosabatlarining istiqbollari haqida so‘z yuritdi, mojarolarning oldini olish va bartaraf etish mavzusiga to‘xtalib, Isroil-Falastin mojarosi misolida o‘z fikrlarini bildirdi. Ma’ruza yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan mavzular bo‘yicha savollar berib, ularga javob oldilar. Uchrashuv do‘stona ruhda o‘tdi va Britaniya universitetlarining taniqli professor-o‘qituvchilari tomonidan ma’ruzalar sonini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.