Yaponiyaning Markaziy Osiyo va Kavkazni o‘rganish tadqiqot instituti Bosh direktori JIDUga tashrif buyurdi
22.10.2021 1972
2021 yil 22 oktyabrda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Markaziy Osiyo va Kavkazni o‘rganish tadqiqot instituti Bosh direktori, professor Tetsudji Tanaka (Yaponiya) bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda JIDU tomonidan Xalqaro aloqalar bo'yicha prorektor S.S. Saidqosimov, Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i A.I. Muxitdinov va Sharq tillari kafedrasi mudiri X.Sh. Gafurova ishtirok etdi.
Suhbat boshida prof. S. Saidqosimov mehmonni qutlab, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019 yil dekabr oyida Yaponiyaga rasmiy tashrifi yakunlari bo'yicha qabul qilingan "Yo'l xaritasi" bandlariga muvofiq JIDU Yaponiya oliy o'quv yurtlari bilan fan va ta'lim sohasidagi aloqalarni kengaytirish borasida faol maqsadli ish olib borilayotganini ta'kidladi.
Professor Tanakaning so’zlariga ko’ra, institut Sh.Mirziyoyevning nutqlari va faoliyatini doimiy o'rganish asosida O'zbekiston Prezidentining Markaziy Osiyo mintaqasidagi etakchiligini, uning yangilangan tashqi siyosat va dinamik ichki islohotlar borasidagi ko'plab tashabbuslarini yuqori baholab, jahon hamjamiyatida keng qo'llab-quvvatlashga munosibligini ta’kidladi.
Professor Tetsuji Tanaka hozirda Yaponiya Tokiyo universitetida rektor maslahatchisi ekanini ma'lum qildi va JIDU talabalari uchun ingliz va yapon tillarida ma'ruzalar o'qishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv davomida o'zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikning turli masalalari, shuningdek, o'zaro munosabatlarning ustuvor yo'nalishlari muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida JIDU talabalari uchun "Yaponiya bank tizimi", "Raqamli iqtisodiyot", "Yaponiyaning texnologik yutuqlari", "Yaponiyaning milliy o'ziga xosligini saqlanishi" va boshqa yo'nalishlar bo'yicha yapon va ingliz tillarida onlayn-ma'ruzalar siklini yaqin kelajakda tashkil etish, yosh tadqiqotchilar, magistrantlar va doktorantlar ishtirokida qo'shma ilmiy konferentsiyalar va seminarlar o'tkazish to'g'risida kelishuvga erishildi.
Shuningdek, JIDUning Yaponiya tadqiqotlari tahliliy markazi va Yaponiyaning Markaziy Osiyo va Kavkazni o‘rganish tadqiqot instituti o'rtasida hamkorlik o‘rnatish, Yaponiya jamiyatini Markaziy Osiyo madaniyati bilan qiyosiy tahlil qilish bo'yicha seminarlar tashkil etish va boshqa amaliy masalalar ko'rib chiqildi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning amaliy masalalarini hal qilish maqsadida Markaziy Osiyo va Kavkazni o'rganish tadqiqot instituti va JIDU rahbariyatlarining bunday uchrashuvlarini muntazam ravishda o'tkazishga kelishib oldilar.
Professor Tanaka, S.S.Saidqosimov tomonidan keng qamrovli ma'lumotlar berilgan O'zbekistonning pandemiya oqibatlarini bartaraf etish tajribasi, shuningdek, Prezident Sh.M.Mirziyoyevning Afg'onistondagi so'nggi o'zgarishlar munosabati bilan mazkur davlatga nisbatan siyosatiga alohida qiziqish bildirdi.
Yaponiyadan kelgan oliy martabali mehmon uchrashuvdan chuqur mamnunligini va uning tashkil etilganidan minnatdorligini bildirdi.