11.10.2021 2419

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida "Oʻzbekiston va UNESKO: madaniy aloqalarning shakllanish tarixi va rivojlanish istiqbollari" respublika ilmiy -amaliy konferentsiyasi boʻlib oʻtdi. Forum tashabbuskori ushbu universitetda faoliyat koʻrsatadigan -Sharq madaniyati va merosini oʻrganish ilmiy markazi bo`ldi. Oʻzbekiston va UNESKO oʻrtasidagi hamkorlik bu yil 28 yilni nishonlaydi, dedi markaz direktori D. Sayfullaev o`z kirish soʻzida. Bu davrda respublikada ushbu nufuzli xalqaro tashkilot bilan madaniyat, taʻlim, fan, axborot, huquq va boshqa sohalarda aloqalarni mustahkamlash boʻyicha katta ishlar amalga oshirildi.

Konferentsiya ishtirokchilari, vazirliklar, hukumat vakillari, olimlar, tadqiqotchilar, Oʻzbekistonning etakchi oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari chiqishlarida erishilgan yutuqlar, toʻplangan tajriba, amalga oshirilgan loyihalar va respublikamiz bilan UNESKO oʻrtasidagi kelgusidagi hamkorlik istiqbollari bo`yicha so`zlashdi.

Tadbirda Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirining birinchi oʻrinbosari K.X. Karimov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Q.A.Juraev, TDShU rektori G. Sh Rixsieva, tarix fanlari doktori, akademik A. Asqarov, JIDU  dotsenti M.A. Rahimova, -Milliy rassomlik va dizayn instituti prorektori D.A. Qurbonov va boshqalarning ma`ruzalari eshitildi. Anjumanda "Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida"  yangi kitobining nashri taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Maʻruzachilar UNESKO tashabbuslari, tadbirlarining xalqaro ahamiyati, mamlakatimiz va Markaziy Osiyo respublikalarining madaniy, maʻnaviy va nomoddiy merosini saqlashga qoʻshgan hissasi, UNESKO roʻyxatiga kiritish uchun joylarni kengaytirish istiqbollari haqida soʻzlab berishdi. JIDU vakillari ham muhokama qilingan masalalar yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdilar. M.A.Rahimova oʻz maʻruzasini respublika olimlari va UNESKO oʻrtasidagi hamkorlikning huquqiy jihatlariga bagʻishladi, universitetning "UNESKOning xalqaro huquqi va inson huquqlari" kafedrasi tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.

Muhokama iarayonida tarixiy obidalarni asrashning ahamiyati, ichki va xalqaro turizmni kengaytirish, qadimiy joylarda arxeologik tadqiqotlar olib borish uchun xalqaro mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha turli fikrlar bildirildi. Konferensiya mavzusi boʻyicha ilmiy maqolalar toʻplamini nashrga tayyorlash taklifi qoʻllab -quvvatlandi.

Fotima Moʻminova,
professor, JIDU nashriyoti muharriri