07.09.2021 1996

6-7-sentabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o'qituvchilari tomonidan barcha kurs va ta’lim yoʻnalishlari talabalariga "Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik" shiori ostidai mustaqillik darslari oʻtkazildi. Mustaqillik darslarida O’zbekistonda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, jamiyat hayotining barcha sohalarini yanada liberallashtirish, tinchlik, doʻstlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, xalq farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgangan keng koʻlamli islohotlar va erishlayotgan ijobiy oʻzgarishlarning mazmun mohiyati talabalarga tushuntirildi. Mamlakatimizni innovatsion rivojlantirish, odamlarda faol fuqarolik pozitsiyasi va tashabbuskorlikni kuchaytirish, mustaqil fikrlash kunikmasini shakllantirish, huquqiy demokratik davlat negizlarini mustahkamlash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish bo’yicha amalga oshirilgan muhim vazifalar haqida gapirildi.

Darslar zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda onlayn formatda boʻlib oʻtdi. Ular quyidagi mavzularda boʻlib oʻtdi:

  • Yangi Oʻzbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Yangi Oʻzbekiston" gazetasi bosh muharriri savollariga javoblari asosida)
  • Tadbirkorlar - Yangi O'zbekiston bunyodkorlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvda soʻzlagan nutqi asosida)
  • Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bog'liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shu nomli xalqaro konferensiyadagi nutqi asosida)
  • Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik! (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan o'tkaziladigan tantanali marosimdagi ma'ruzasi asosida)

Shuningdek, JIDUning iqtidorli va faol talabalari oʻzlari oʻqigan oʻrta maktablarda "Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik" shiori ostida mustaqillik darslarini oʻtishdi.