O'zbekiston va SHHT: barqaror taraqqiyot yo'lida hamkorlik
23.08.2021 1913
2021-yilning 20-avgustida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi hamda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan “O'zbekiston va SHHT: barqaror rivojlanish hamkorligi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tadbirni Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Anvar To'ychiev hamda O'zbekistondagi SHHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobuljon Sobirovlar ochib berishdi.
Davra suhbatida quyidagi ishtirokchilarning ma’ruzalari tinglandi:
TIVning MDH va ShHT tuzilmalari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkiloti ishlari bo‘yicha milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov, ShHTning yaxshi qo'shnichilik, do'stlik va hamkorlik bo'yicha Xitoy qo'mitasi Bosh kotibi Chjen Vey, Hindistonning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Manish Prabhat, Aleksandr Gorchakov nomidagi ommaviy diplomatiyani qoʻllab-quvvatlash Fondi loyiha menejeri Andrey Gorbunov, Toshkent Sharqshunoslik universitetining rektori Gulchehra Rixsieva, Pokistonning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Sayyid Ali Asad Giloniy, “Yuksalish” Milliy harakati raisining o‘rinbosari Sherzod Saparov, ShHTning Tojikistondagi Do'stlik va hamkorlik markazi direktori G'afurzoda Abduxalil Davlatali, Qirg'izistonning O'zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Nurlan Jumaliyev.
Shuningdek, mazkur uchrashuvda siyosiy fanlar doktori, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori E’tibor Sultonova ham o'zining: “Barqaror rivojlanish maqsadida global hamkorlik” mavzusi bilan qatnashdi.
Davra suhbatining muhokamasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari, SHHT davlatlari o'rtasida jamoat diplomatiyasi mexanizmlarini faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik masalalariga to'xtalib o'tildi, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalar sohasida almashuv va hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.