Birinchi onlayn JIDU Vis Moot Yozgi maktabi
13.08.2021 1649
Joriy yilning 2-10-avgust kunlari JIDU “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari uchun birinchi onlayn Vis Moot Yozgi maktabi tashkil etildi. Ushbu tadbir “Xalqaro xususiy huquq va fuqarolik-huquqiy fanlar” kafedrasi katta oʻqituvchisi Xasanova Farangis boshchiligida tashkillashtirildi.
Yozgi maktab treninglari talabalarda Vis Moot musobaqasida samarali qatnashish uchun zarur koʻnikmalarni hosil qilishga qaratilgan edi. Xususan, quyidagi koʻnikmalarni hosil qilishga qaratilgan treninglar olib borildi: muammoning faktlarini aniqlash va muxim faktlarni keraksizlaridan saralash, muammoning yechimini topish uchun mos boʻlgan manbaalarni izlash, muammoni tahlil qilish va tegishli normalarni qoʻllash, memorandumni huquqiy jihatdan toʻgʻri yozish, arbitraj jarayonida nutq qilish. Ushbu qattiq koʻnikmalar bilan birga jamoa boʻlib ishlash, taym menejment va netvorking oʻrnatish kabi yumshoq koʻnikmalar haqida ham maʼlumotlar berildi.
Treninglar avvalgi yillarda JIDU Vis Moot jamoasining aʼzolari boʻlgan quyidagi mutaxacsislar tomonidan olib borildi: Azizov & Partners Firm of Advocates yuristlari Abdulaziz Jurajonov, Abdumalik Muxtorov, Maksud Mirjonov va Feruza Abdullayeva, “My Lawyer” yuridik firmasi huquqshunosi Jahongir Azatov, Intellektual mulk agentligi yetakchi mutaxasisi Javohir Qurbonov, JIDU bituruvchisi Azizbek Suyunboyev. Shuningdek, Xalqaro huquq fakulteti 4 kurs talabalari Mohlaroyim Zokirova va Mehriniso Djumanazarovalar ham treninglarni oʻtkazishga katta hissa qoʻshdilar.
JIDU 29-Vis Moot jamoasi nomzodlariga ularning oldida turgan murakkab ishlarida omad tilab qolamiz!