12.08.2021 1617

Yoshlik inson umrining eng unutilmas davri hisoblanadi. Aynan shu davrda olingan bilim hamda egallangan mahorat kelgusi davrning bebaholigini ta’minlaydi. Bejiz donishmandlar: “Yoshlikda olingan bilim – toshga o‘yilgan naqsh kabidir”, deyishmagan.

Yoshlarimiz uchun ulkan yangiliklardan biri bu, shubhasiz, 2019-yilning  19-mart kuni e’lon qilingan Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 muhim tashabbusi bo‘ldi. Ushbu tashabbus ijrosi yuzasidan joylarda ko‘plab musiqa va san’at maktablari, sport komplekslari, IT markazlar, kutubxonalar hamda xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha ular uchun yangidan-yangi korxonalar qurildi, rekonstruksiya qilindi. Hozirda har bir shahar-tumanda yoshlarimizning ushbu sohalar bilan shug‘ullanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Raqamlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, hozirgi kunda dunyoda 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 3 milliardni tashkil etmoqda. Ulardan yarim milliardi kam ta’minlangan yoshlar hisoblanadi. 100 milliondan ortiq bollar maktabga qatnashmaydi. Har kuni deyarli 30 mingta yosh bolalar ochlikdan halok bo‘lishadi. 7 mingdan ortiq yoshlar xavfli kasallik OITS bilan zararlanishadi. Har yili konferensiya maxsus shiorlar “Kambag‘allikka qarshi birga kurash: yoshlar va kambag‘allik”, “Yoshlar va o‘zgarishlar: harakat qilish payti keldi” kabi shiorlar ostida o‘tkaziladi. Bundan tashqari Xitoy, Tunis, Kamerun, Turkiya va boshqa davlatlarda ham yoshlar kuni nishonlanadi.

Bugun, 12-avgust – Xalqaro yoshlar kuni. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1999-yilning 8-12-avgust kunlari Lissabon shahrida o‘tkazilgan Butunjahon yoshlar ishi bo‘yicha konferensiyada 12-avgustni Xalqaro yoshlar kuni sifatida keng nishonlash tasdiqlangan. Ushbu kun bayram sifatida 2000-yildan beri nishonlanib kelinadi. Bu kunda jahon hamjiyatining diqqat-e’tibori yoshlarga oid masalalarga yana bir bor qaratiladi.

Dilmurod Dilmurodov,
“Xalqaro munosabatlar” fakulteti 1-bosqich talabasi