23.07.2021 2944

Hukumatning qarori bilan Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Solixovich Safoyevga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori vazifasini bajarish yuklatildi.

Sodiq Safoyev 1991-yilda Prezident adminstratsiyasida xalqaro iqtisodiy munosabatlar boʻlimida yetakchi konsultant va boʻlim rahbari lavozimiga tayinlangan. 1992-1993-yillarda tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Turli yillarda Oʻzbekistonning Germaniyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi, prezidentining davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi, Oʻzbekistonning Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Favqulodda va Muxtor elchisi, tashqi ishlar vaziri, Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi raisi boʻlgan.

2015-yildan — Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.