JIDU professori Eʼtibor Sultanova ShHTning "Xalq diplomati" unvoniga sazovor boʻldi
18.06.2021 1941
Kuni kecha Toshkentda Shanhay hamkorlik tashkiloti tashkil etilganing 20 yilligi munosabati bilan jamoatchilik faollari va halqaro ekspertlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori, siyosiy fanlar doktori, universitet Xotin-qizlar maslahat Kengashi Raisi Eʼtibor Sultanova ham tashakkurnoma va Xalq diplomati unvoni bilan taqdirlandi.
2001-yil 15-iyunda Shanxayda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Xitoy, Tojikiston va Oʻzbekiston rahbarlari Shanxay hamkorlik tashkilotini tuzish toʻgʻrisida deklaratsiya imzolaganlar.
Oʻtgan 20 yil mobaynida SHHT nufuzli xalqaro tuzilmaga hamda zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimining masʼul ishtirokchisiga aylandi. Bugungi kunda tashkilot politsentrik dunyoni yaratish manfaatlari yoʻlida samarali hamkorlik uchun ishonchli platformaga aylangan.