29.05.2021 1930

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori maslahatchisi, Oliy Majlis Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish qoʻmitasi ekspertlar guruhining azosi, s.f.d., professor, Shuhrat Gʻoyibnazarov OʻzMTRK “Oʻzbekiston” radiokanaliga suhbatga taklif etildi.

Mazkur suhbat Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan BMT Bosh assambleyasining joriy yil 18-may kuni boʻlib oʻtgan yalpi sessiyasida Orolboʻyi mintaqasini ekologik va texnologiyalar hududi deb elon qilinishi toʻgʻrisidagi maxsus rezolyutsiyaning qabul qilinishi hamda uning tarixiy ahamiyati, istiqboliga bagʻishlandi.

Sh.Gʻoyibnazarov muloqotda Oʻzbekiston qisqa muddatda aniq va tezkor tadbirlari bilan jahon hamjamiyatining Orol muammosi  boʻyicha  maqsadli tadbirlarni amalga oshirib BMTning Orol boʻyi mintaqasi uchun koʻpsheriklik Trast fondi tashkil etilganligi, Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi huzurida Jahon Banki va Global  ekologik fondining va boshqa tizimlar tashkil etilib Orolboʻyi mintaqasida tubdan yangi oʻzgarishlar davri boshlanganligini, dunyoning 60 ga yaqin davlati mazkur rezolyutsiyada hammuallif sifatida ishtirok etganliklari va bu jarayon  oʻzbek diplomatiyasining navbatdagi xalqaro etirofi ekanligini qayd etdi.

Shuningdek, jonli efirda koʻplab radio tinglovchilar global muammo boʻyicha oʻz savollari  bilan murojaat qilib, ularga  ekspertdan batafsil javob oldilar.