Yuridik klinikada birjalar faoliyatiga doir davra suhbati tashkil etildi
28.05.2021 2024
26- kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yuridik klinikasida Klinika va Brokerlar Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda o’zaro imzolangan memorandum doirasida “Birjalar va Birja faoliyati” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. “Pacta sunt servanda” loyihasi doirasidagi ushbu treningda birjalar faoliyatining iqtisodiy va huquqiy asoslari, shuningdek birjalar ishidagi kamchiliklar haqida tushuntirishlar berildi.
Davra suhbatida Yuridik Klinika rahbari, yuridik fanlar doktori Z.Ubaydullayev, Brokerlar Uyushmasi rahbari S.Sodiqjonov, tajribali broker Sh.Sobirov hamda Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti dekani muovini E.Abdullayev talabalarga nazariy va amaliy jihatdan ma’lumotlar berishdi. Yig‘ilish mobaynida birja savdolaridan namunalar ko‘rsatilib tahlil qilindi. Yig’ilish so‘ngida birja faoliyatini rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar berildi.