XIM fakulteti talabalari Yaponiya madaniyat kunlarida qatnashishdi
27.05.2021 2115
25-29-may kunlari Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida Yaponiyaning Oʻzbekistondagi madaniyati kunlari boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi, Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyi, Oʻzbekiston-Yaponiya markazi va “Oʻzbekiston-Yaponiya” doʻstlik jamiyati tomonidan tashkillashtirilgan mazkur loyiha ochilish marosimiga JIDU Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti 2-bosqich talabalari “Sharq tillari” kafedrasi mudiri, Yaponiya tadqiqot tahliliy markazi rahbari Hakima Gafurova boshchiligida ishtirok etishdi.
Yaponiya madaniyati kunlari doirasida anʼanaviy yapon kimonosi, ayollar belbogʻi – “obi”, yapon yelpigʻichi, qoʻgʻirchoqlar va yapon taomlari koʻrgazmalari taqdim etiladi. Shuningdek, Yaponiyaning anʼanaviy xattotlik sanʼati - shodo, choy marosimi, sumiye, kiriye (yapon aplikatsiyasi), yapon shirinliklarini tayyorlash va yapon tili boʻyicha mahorat darslari va namoyishlar ham boʻlib oʻtadi.