26.05.2021 1669

"Oqtosh" bolalar oromgohida "Kamalak" bolalar tashkiloti sardorlarining an'anaviy XX Respublika anjumani doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari tomonidan yosh liderlarni tarbiyalashda muhim bo'lgan ustuvor yo'nalishlar bo'yicha seminar-treninglar o'tkazildi.

Xususan, "Xalqaro iqtisodiyot va menejment" fakulteti 1-bosqich talabasi Shoxrux Qo'chqorov "Notiqlik san'ati" bo‘yicha, "Xalqaro munosabatlar" fakulteti 2-bosqich talabasi Ulug'bek Jangchiddinov “Diplomatiya: etiket va siyosiy imidj” mavzusida, "Xalqaro huquq" fakulteti 2-bosqich talabasi Abu Tolib G'iyosov esa "JIDU: yosh diplomatlarni tarbiyalashning o'ziga xos jihatlari" mavzusidagi chiqishlarini yoshlarga taqdim etishdi.

Yuqori darajada tashkil etilgan treninglar ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi hamda qatnashchilarga mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatini berdi.