24.05.2021 1962

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, universitet bilan korxona-tashkilotlar o'rtasida mustahkam aloqa o'rnatish, mutaxassislik bo'yicha bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash uchun sharoit yaratish asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Shu maqsadda doimiy tarzda ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy markazlar va tashkilotlar mutaxassislari bilan turli xil uchrashuvlar, tanishish va malaka amaliyotlari, stajirovkalar, davra suhbatlari o'tkazilib kelinadi.

Ishlab chiqarish  korxonalari bilan o'zaro munosabatlarning eng qiziqarli, aniq va esda qolarli shakli bu – universitetda Karyera kuni va bo'sh ish o'rinlari yarmarkasini o'tkazishdir. 2021-yil 21- mayda talabalar, bakalavriat va magistratura bitiruvchilari, doktorantlar yuzdan ortiq tashkilotlar, vazirliklar, idoralar, xalqaro, savdo va davlat korxonalari, muassasalari vakillari bilan uchrashishdi. Dastlab tadbir ishtirokchilari majlislar zaliga yig'ilishdi. JIDU rektori Komiljon Karimov ish beruvchi mehmonlar va talabalarga tadbirga qiziqish hamda ishtirok uchun o`z minnatdorchiligini bildirdi. Kelgusi yilda universitet tashkil etilganining 30 yilligini nishonlash kutilmoqda. O‘tgan davr ichida bu yerda 6 mingdan ortiq bitiruvchi tahsil oldi, ular O'zbekistonda va ko'plab xorijiy davlatlarda, elchixona, konsullik, xalqaro markazlar, yetakchi tashkilot va vakolatxonalarda ishlaydilar. Universitet jamoasi nafaqat yuqori bilim-malakaga ega, balki o'z ishi va ona Vataniga muhabbati kuchli, uning kelajagi uchun yuksak fuqarolik bilan yondashuvchi mas'uliyati mutaxassislarni tayyorlashga intiladi. Bu yil 500 ga yaqin talaba JIDUning turli yo'nalishlarida o'qishni tamomlaydi. Rektor shuningdek, bu yilgi Karyera kunining yangiligi – barcha talabalar, bitiruvchilar va universitet xodimlari uchun mavjud bo'sh ish o'rinlari va ular to'g'risida keng ma'lumot beradigan "Karyera markazi" va uning kanalining (https://t.me/UWEDCareerCentre) yaratilishi ekanligini ta'kidladi. U orqali turli ish beruvchilar bilan hamkorlikka oid takliflar yoritib boriladi. O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vakili Shaydogul Zokirova o'z so‘zida tadbirning muhimligini qayd etib, innovatsiyalarni faollashtirish, investitsiyalarni rivojlantirish va iqtidorli, tashabbuskor yosh mutaxassislarni qo'llab-quvvatlash borasidagi davlat siyosati haqida so'zladi.

Gulbahor Yo'ldosheva JIDU bitiruvchilari assotsiatsiyasi nomidan so'zga chiqib, 26 yil oldin “Xalqaro huquq” fakultetini tamomlaganini yodga oldi. Bugungidek tadbir sabab u ham ish beruvchi bilan o‘zaro uchrashib, orzusidagi ishini topgani, chet elda malaka oshirib, ayni paytda Fransiya kompaniyasida ishlayotganini bildirdi. Fursatdan foydalanib, G.Yo‘ldosheva fransuz tilini biladigan talabalarni o‘z jamoasiga hamkorlikka taklif qildi. 

Talabalar universitetga kelgan yangi ish o‘rinlarini taklif qilgan hech bir tashkilotni e'tiborsiz qoldirmadilar. Ba'zilar davlat muassasasini, boshqalar esa xususiy korxonalarni tanlashdi, yoshlarni hamma narsa: ish sharoitlari, ish vaqti va ishni chet elda davom ettirish, malaka oshirish kurslarida o‘qish va taklif etiladigan xizmat yashash joylari qiziqtirdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutidan talabalarga bo`lim rahbarlari B.Sotiboldiev va K.Oripovlar maslahat berishdi. Ularning atrofini Xalqaro huquq fakulteti bitiruvchilari Xolmuhammad Abdurasulov, Orifjon Soliyev, doktorant-iqtisodchi Elyor Moilyev va boshqalar o'rab olishdi. Hammaning savollariga maslahatchilar batafsil javob berib, risolalar, materiallar, o`z telefon raqamlarini qoldirishdi. Mazkur Markaz JIDUning uzoq yillik hamkori bo'lib, ko'plab bitiruvchilar uning turli tuzilmalarida, bo'limlarida muvaffaqiyatli ishlashadi, ular qatorida direktor E.K.Aripov, mutaxassislar R.Xurramov, K.Allaberganov va boshqalar bor. Ahmedov Kayrat – Xalqaro munosabatlar fakultetining 1-bosqich talabasi, mening hayron bo‘lib, “Siz bitiruvchi emasizku, nega “Taraqqiyot strategiyasi” markazi vizitkalarni oldingiz” degan savolimga: “Men tahlilni yaxshi ko'raman va qiziqaman, ular olib boruvchi ko'p qirrali faoliyatda o'zimni sinab ko'rmoqchiman. Menga avval stajyor sifatida o‘zimni sinab ko'rishni taklif qilishdi”, deya javob berdi. Shunisi e'tiborga loyiqki, unga markaz xodimi, iqtisodchi, JIDU bitiruvchisi Iskandar O'roqboev maslahatlar berdi.

"O'zbekko'mir" aksiyadorlik kompaniyasi JIDUning bo'sh ish o'rinlari Yarmarkasida birinchi marta ishtirok etmoqda, ularning idorasi Angren shahrida joylashgan, 10 dan ortiq talabalar o'zlarining rezyumelerini qoldirishdi, ko'pchilikni taklif qilingan ish sharoitlari, yuqori ish haqi, uy-joy va boshqalar qiziqtirdi. 

20 dan ortiq talabalar Global Textile Group bilan hamkorlik qilish uchun ariza topshirdilar. Kompaniya vakili, bo'lim boshlig'i Natalya Gornostayeva “Bizni talabalaringiz va ularning ko'rsatgan ishtiyoqlari shu qadar quvontirdiki, barchani korxonamizga taklif qilishga, ishlab chiqarish bo'yicha ekskursiya uyushtirishga, taqdimot tayyorlashga qaror qildik. Bizga ayniqsa moliyachilar, iqtisodchilar, marketologlar, menejment, PR bo'yicha mutaxassislar kerak”.

Ko'p sonli talabalar Kanadaning PBT ANTARES-PKF kompaniyasi vakolatxonasi joylashgan stolni o'rab olishdi, kompaniyaning vakili Oybek Ataxanov bu konsalting tashkiloti haqida gapirib berdi. Tashkilot turli xizmatlar ko'rsatadi, auditorlik tekshiruvlarini o'tkazadi, asosan O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar bilan ishlashadi.

Universitet kutubxonasining yozgi pavilyonida turli xil vazirlik vakillari, jumladan, Turizm va sport, mudofaa, innovatsion rivojlanish vazirligi, O'zbekiston Oliy sudi, respublika prokuraturasi vakillari va boshqalar joylashgan edi.

“JIDU magistraturasini bu yil yetti yo'nalish bo'yicha 160 talaba bitirmoqda”, dedi ushbu bo'lim dekani, fan doktori Otabek Nayimov. Talabalarning deyarli 90 foizi o'qishni ishlab chiqarish bilan birga olib boradi. Ba'zi magistrantlar ish beruvchilar bilan uchrashib, rezyumelerini qoldirishdi,  bog‘lanish uchun aloqa raqamlarini olishdi, boshqalari esa ish o‘rinlarning o'ziga xos xususiyatlarini batafsilroq bilishni istadilar. Magistratura talabasi Fazlidin Ataullaev (Jahon siyosati yo'nalishi) ilmiy izlanishlar bilan shug'ullanishni davom ettirishni istaydi, u akademik, tadqiqot markazlari, masalan, Strategik va Mintaqalararo tadqiqot instituti bilan qiziqdi. Nozima Musaeva Turizm va tarjima faoliyati yo'nalishida o'qiydi, shuning uchun u sayyohlik tashkilotlarining takliflari bilan qiziqdi. Irina Pak shubhasiz tijorat va xususiy tashkilotlarga borishga qaror qildi, uning fikriga ko'ra, u yerda mustaqillikni namoyish etish va kreativlikni sinash mumkin. Magistratura talabasi Maftuna Karimqulovaning esa o'ziga xos tanlov mezonlari bor, u farzandi , oilasi va ish faoliyatini qulay sharoitda birlashtirishni xohlaydi.

Karyera kunini  muvaffaqiyatli o`tkazishda  rertorat xodimlari, Amaliyot  va monitoring bo'limi, fakultet dekanatlari va universitetning boshqa bo'limlari xissasini ham alohida qayd etib o‘tish lozim. Amaliyot bo`limi bo`shligi D.Riskidinova ish natijalarini sarhisob qilar ekan, mehnat yarmarkasining barcha ishtirokchilari-mehmonlariga anketalar tarqatilganligini va bu o‘z navbatida sotsiologik so'rov ham ekanligini ham ta’kidladi. 

Mehmonlarga JIDU bitiruvchilari ularning tashkilotlarida ishlayaptimi va ular haqida qanday fikr-mulohazalari bor, qancha bitiruvchini ishga olish imkoniyatlari bor, talabalar uchun stajirovkalar, amaliyot o'tazish bo‘yicha sharoitlar, JIDU bilan memorandum tuzish masalasi, o`tkazilgan tadbir bo`yicha fikrlari bo‘yicha savollar berildi. Javoblar ham turlicha bo‘ldi, ba'zilari bu yil ikkita yoki uchta bitiruvchilarni ishga olishlari mumkinligini bildirishgan bo‘lsa, boshqalari amaliyotga qabul qilish istagini bildirdilar, boshqalari esa talabalarni jamoatchi xodim, zaxiradagi kabi ishlarga jalb etish taklifini berishdi. Bo‘lajak mutaxassislar bilan o'tkazilgan bunday ochiq uchrashuvlarni hamma mamnuniyat bilan kutib oldi, ularning xohish-istaklari va qiziqishlarini eshitish, ular uchun o‘ziga xos yutuq va yosh kadrlar bilan ishlashni takomlashtishdir.

Xulosa o‘rnida, JIDUda Karyera kuni hammada iliq taassurot qoldirdi va talabalarga mehnat bozori va zamonaviy mutaxassislarga qo'yiladigan talablarni yaxshiroq tushunishda yordam berdi.

Fotima Mo'minova,
professor, JIDU nashriyoti muharriri