08.05.2021 1878

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Hozirgi zamon sharoitida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosatini ustuvor yoʻnalishlari: iqtisodiyot, huquq, siyosat” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, xalqaro tashkilotlarning vakillari, xorijlik ekspert va olimlar, JIDU professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

Zamonaviy dunyo turli taʼsir va vaziyatlar ostida oʻzgarishga uchramoqda. Masalan COVID-19  pandemiyasi butun olam uchun global tanglikni keltirib chiqarib odamzodni chorasiz qoldirdi va rivojlanish davlatlarning bir-biri bilan hamkorligiga aloqadorligini isbotladi. Bunday vaziyatda mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi eng avvalo uning izchillik bilan olib boradigan tashqi siyosatiga bogʻliq. Oʻzbekiston olib borayotgan har tomonlama va pragmatik tashqi siyosati tufayli jahon hamjamiyatida yuqori mavqega erishdi. Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan BMT minbaridan turib belgilangan mamlakat tashqi siyosat tashabbuslari ham bu yoʻnalishda asosiy omillardan boʻldi.

Tadbirning kirish qismida SHHTning Oʻzbekistondagi Xalq Diplomatiyasi markazining direktori Kobuljon Sobirov tomonidan oʻtgan yillar davomida Oʻzbekistonning har tomonlama, izchillik bilan olib borayotgan tashqi siyosati xalq manfaatlaridan kelib chiqqanligini taʼkidladi. Mamlakatning tinchliksevar tashqi siyosati barcha tashabbuslarda kuzatiladi va bu eng avvalo Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan. Parlament va xalq diplomatiyasi esa bunday tashqi siyosatning instrumentlari sifatida rivojlanmoqda.

Anjumanda yigʻilganlar tomonidan taʼkidlanganidek, hozirgi bosqichda BMT tomonidan eʼlon qilingan xalqaro tinchlik va ishonch yili shafeligida pandemiya oqibatlaridan jahon iqtisodiyotini tiklash uchun birgalikdagi saʼy-harakatlarni amalga oshirish zarur.

Ilmiy konferensiyada Oʻzbekistonning strategik hamkorlari bilan doʻstona munosabatlarni mustahkamlash, zamonaviy dunyoda turizmning rivojlanish tendensiyalari, xalqaro reyting va indekslarning mamlakat imidjiga taʼsiri, zamonaviy xalqaro munosabatlar, xalqaro iqtisodiyot va xalqaro huquq boʻyicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.