JIDUda yangi kitob chop etildi
04.05.2021 1687
Yunusov H. AQSH oliy taʼlim tizimi va yuridik taʼlimi. Monografiya. –T.: JIDU, 2020. – 108 b.
Ushbu monografiyada AQSH taʼlim tizimining tarixi, bugungi kundagi holati, amerika oliy taʼlimining oʻziga xos xususiyatlari, xususan, yuridik taʼlimning eʼtiborga molik jihatlari, oliy taʼlimning normativ-huquqiy va institutsional asoslari, oʻquv jarayonini tashkil etish, taʼlim berish uslublari hamda oliy taʼlimdan keyingi kasbiy faoliyat masalalari haqida soʻz yuritiladi.
Shuningdek, unda AQSH oliy taʼlim tizimida korrupsiya va unga qarshi kurash, yuridik taʼlimda oʻqitish va ilmiy-tadqiqotchilik metodlari, auditoriyadan tashqaridagi faoliyat, huquq maktablarining xalqaro va milliy reyting tizimi, yuridik taʼlimdan keyingi kasbiy faoliyat: mehnat bozoridagi imkoniyatlar, yuridik faoliyat yoʻnalishlari va advokatlik litsenziyasi, bitiruvchilarning ish bilan taʼminlanish darajasi, yuridik sohada uzluksiz taʼlim: malaka oshirish kurslari, yuridik faoliyat va axborot texnologiyalari: yuridik taʼlim va xizmatni raqamlashtirish, yuridik taʼlimni nomarkazlashtirish, nodavlatlashtirish, nodavlat tashkilotlarning yuridik taʼlimdagi oʻrni hamda AQSHda yuridik taʼlim muammolari haqida soʻz yuritiladi. Eng muhimi, kitobda Oʻzbekistonda oliy taʼlim islohotlarining dolzarb muammolari va ularni hal etishda AQSH tajribasining ahamiyati xususida muallifning tahliliy fikrlari bayon etilgan. Kitob muallifning AQSH oliygohlarida orttirgan shaxsiy tajribalari asosida yozilgan.
Monografiya oliy taʼlim va yuridik sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, talabalar va keng omma uchun moʻljallangan.