15.04.2021 2178

JIDU “Xalqaro xususiy huquq va fuqarolik-huquqiy fanlar” kafedrasi tomonidan Toshkent viloyat sudi bilan Iqtisodiy protsessual huquq fanidan “Iqtisodiy sudning apellyatsiya instansiyasida va kassatsiya instansiyasida ish yuritish” mavzusida master-klass tashkil etildi.

Mashg‘ulotni Toshkent viloyat sudining iqtisodiy ishlari bo‘yicha sudyasi Qosim Avezov olib bordi. Master-klass davomida apellyatsiya va kassatsiya shikoyatini berish tartibi, ularga nisbatan qo‘yilgan talablar hamda apellatsiya instansiyasi sudi va kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinadigan qarorlar haqida ma’lumot berildi. Mashg‘ulot yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Shuningdek, Sudya Q. Avezov bilan hamkorlikda “Iqtisodiy protsessual huquq” fanidan kelgusida ham bu kabi tadbirlarni hamkorlikda davom ettirishga kelishib olindi.