Iqtisodiy protsessual huquq fani bo‘yicha master-klass tashkil etildi
31.03.2021 1473
JIDU “Xalqaro xususiy huquq va fuqarolik-huquqiy fanlar” kafedrasi tomonidan Toshkent shahar iqtisodiy sudi bilan Iqtisodiy protsessual huquq fanidan “Da’voni ta’minlash. Ish yuritishni tugatish. Da’voni ko‘rmasdan qoldirish” mavzusida master-klass tashkil etildi.
Mashg‘ulotni Toshkent tumanlararo iqtisodiy ishlari bo‘yicha sudi sudyasi Ozoda Gulyamova olib bordi. Dars davomida talabalarga da’voni ta’minlash asoslari va choralari, ish yuritishni tugatish hamda da’voni ko‘rmasdan qoldirish haqida ma’lumot berildi. Mashg‘ulot yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Uchrashuv yakunida, Sudya O.Gulyamova bilan hamkorlikda “Iqtisodiy protsessual huquq” fanidan kelgusida ham bu kabi tadbirlarni hamkorlikda davom ettirishga kelishib olindi.