23.03.2021 1568

Xalqaro huquq fakulteti, Xalqaro gumanitar huquq o'quv fani doirasida YUNESKOning “Xalqaro huquq va inson huquqlari" kafedrasi tashabbusi bilan Xalqaro Qizil Xoch Qo'mitasining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy vakolatxonasi, huquqiy masalalar bo'yicha maslahatchisi Marat Aminov ishtirokida “Gaaga konvensiyalariga asoslangan xalqaro gumanitar huquq” mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvd Xalqaro Qizil Xoch Qo'mitasining vakili Gaaga gumanitar huquqi asoslari, xalqaro gumanitar huquq manbalari, shuningdek xalqaro gumanitar huquqning rivojlanish tarixi hamda qo'mita faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo'yicha ma'lumot berib o'tdi. Jonli munozaralar ko'rinishida o'tkazilgan uchrashuvda talabalar hozirgi kunda xalqaro gumanitar huquq va Xalqaro Qizil Xoch Qo'mitasining faoliyati doirasida dolzarb masalalarni ko'tarishdi.

Yuqorida aytib o'tilganlar bilan bir qatorda XQXQ vakili tomonidan berilgan keyslarga talabalar tomonidan Xalqaro gumanitar huquqi normalarining huquqiy tahlili asosida interfaol shaklda yechim topildi.