O'zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo'yicha Milliy markazida Konstitutsiyaning inson huquqlari oid moddalarini ta’minlash masalalariga bag’ishlangan "davra suhbati" o’tqazildi
22.11.2016 32327
O'zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo'yicha Milliy markazida 19 noyabr kuni konstitutsiyaning inson huquqlari oid moddalarini ta’minlashga masalalariga bag'ishlangan "davra suhbati" bo'lib o'tdi.
Tadbirda markaz xodimlari, "Xalqaro huquq va inson huquqlari" kafedrasi o'qituvchilari hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Xalqaro huquq" fakulteti 4-kurs talabalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida inson huquqlari davlat siyosatining eng muhim yo'nalishlaridan biri ekanligi, inson huquqlarini ta’minlash maqsadida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta'kidlandi.
Tadbir chog'ida inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalarni amalga oshirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha fikr almashildi. Alohida e'tibor bolalar va ayollar huquqlarini ta'minlash masalasiga qaratildi.