12.03.2021 1723

Joriy yilning 9-10-mart kunlari Abdumalik Muxtorov, Azizbek Suyunboyev, Mohlaroyim Zokirova va Mexriniso Jumanazarovalar tarkibidan iborat “UWED Vis Moot” jamoasi Tehron Mintaqaviy Arbitraj Markazi (TRAC) tomonidan tashkillashtirilgan xalqaro tijorat arbitraji bo`yicha musobaqa (Pre-moot)da ishtirok etdi. Bellashuv doirasida AQSH, Chexiya, Germaniya, Gvatemala, Hindiston, Indoneziya va Yaponiya kabi davlatlar universitetlaridan 33 ta jamoa qatnashdi. Ushbu musobaqada universitetimiz jamoasi yarim finalga qadar yetib bordi va kuchli 4 ta jamoalar orasidan oʻrin oldi.

Bundan tashqari, jamoa Panamerika Universiteti, Gannover universiteti, Osiyo xalqaro arbitraj markazi, Bahrayn nizolarni hal qilish palatasi, Jindal Global universiteti va Moot Academy tomonidan oʻtkazilgan musobaqalarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Jamoani erishgan yutug’i bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham zafarlar tilaymiz!