JIDU va Hindiston Madaniy aloqalar kengashi oʻrtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi
03.03.2021 1884
2-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Hindiston madaniy aloqalar kengashi (ICCR) prezidenti Saxasrabudxining talabalar uchun maʼruzasi tashkil etildi. Tadbir avvalida Hindiston Madaniy aloqalar kengashi prezidenti V.Saxasrabudxi va JIDU rektori K.Karimov ikki tomon oʻrtasida hamkorlik boʻyicha memorandum imzoladilar.
Shundan soʻng faxrli mehmon “Democratic traditions in India” mavzusida universitet professor-oʻqituvchilari va talabalar uchun maʼruza oʻqidi. ICCR prezidenti ikki davlat oʻrtasida doʻstona aloqalar, anʼana va madaniyatdagi oʻxshashlik va oʻziga xos jihatlar haqida yigʻilganlarga maʼlumot berdi.
V.Saxasrabudxi Hindiston Parlamenti yuqori palatasi ishida faol ishtirokchilardan boʻlgani sabab, oʻzbekistonlik talabalari bilan gumanitar ilm boʻyicha tajriba almashinishga tayyor ekanligini bildirdi. Shuningdek madaniyat va ilm-fan sohasida kelgusi hamkorlik istiqbollarini ham yuqori baholadi.
Uchrashuvda shu bilan birga Hindistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Manish Prabhatni, Oʻzbekistondagi Lal Bahodir Shaastri nomidagi madaniyat markazi diretori Chander Shekxar va boshqa delegatsiya vakillari ham ishtirok etdilar.