Joriy yilning 18-fevral kunida "Xalqaro munosabatlar" kafedrasida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi
20.02.2021 2173
Joriy yilning 18-fevral, soat 12.00da Xalqaro munosabatlar kafedrasida ikkinchi kurs doktoranti Sheraliyev Nurali Sherali o’g’lining “O’zbekiston va Tojikiston munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari” mavzusidagi ma'ruzasi bo'yicha ilmiy seminar bo’lib o'tdi.
Ilmiy seminarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ma’muriyati, professor-o’qituvchilari vakillari, shuningdek doktorantlar ishtirok etishdi. Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan tadqiqotning dolzarbligi, uning ilmiy amaliy ahamiyati va joriy xulosalar muhokama qilindi. Ta’kidlandiki, ushbu ilmiy tadqiqotda Oʼzbekiston va Tojikiston Respublikalari hamkorligining shakllanish tendentsiyalari, asosiy yoʼnalishlari oʼzaro munosabatlarga ta'sir etuvchi omillar oʼrganilgan. Jumladan, oʼzaro hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari va oʼziga xos tomonlari ochib berilgan. Ilmiy tadqiqotni tadqiq etishda tizimli yondashuv hamda taqqoslash usullaridan foydalanilgan. Bundan tashqari davlatlararo aloqalarda Oʼzbekiston ikki va koʼp tomonlama munosabatlarga urgʼu berganligi mintaqaviy harakterga ega ekanligi bilan tavsiflanadi.
Shu bilan birga, ikki qardosh xalqlar oʼrtasidagi munosabatlarga imkoniyat beruvchi va toʼsqinlik qiluvchi omillar, Markaziy Osiyoda suv resurslaridan foydalanish boʼyicha Oʼzbekiston va Tojikiston pozitsiyalari oʼrganilib tahlil etilgan.
Hususan, ikki davlat oʼrtasidagi barcha sohalarning jadal riqojlanish surʼatlari davlat rahbarlarining siyosiy irodalari orqali amalga oshayotgani bunda Oʼzbekiston ham Tojikiston ham bartaraf etilmay qolgan muammolarni muzokaralar va konstruktiv muloqotlar orqali amalga oshayotgani yoritilgan.
Shuningdek, Oʼzbekiston va Tojikistonning strategik sherikchiligi oʼzaro munosabatlar va ikki davlatning tashqi siyosatida ustuvor ahamiyatga ega ekanligi hamda bugungi kunda munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan ikki tomonlama munosabatlar yuqori darajada rivojlanayotganlik holati munosabatlarning yangi sifatga koʼtarilishiga asos boʼlayotgani bilan baholanmoqda. Shuningdek, seminar davomida ma’ruzachining dissertatsiya ishini yanada takomillashtirish bo’yicha fikr almashildi, takliflar bildirildi. Tadbir yakunida, bunday seminarlar doimiy ravishda yanada kengroq auditoriya bilan o’tkazilishi e’lon qilindi.