18.02.2021 2673

Universitet talabalari uchun 2020-2021 oʻquv yilining 2 semestrida “Global Governance” fani boʻyicha maʼruzalar oʻqishni rejalashtirgan AQSH professori Polli Segelski hamda AQSH elchixonasi xodimlarini JIDU rahbariyati qizgʻin kutib oldi.

Rasmiy mehmonni Toshkent shahridagi AQSH elchixonasining jamoatchilik bilan aloqalari boʻyicha maslahatchisi Aleksis Sallivan hamda elchixonaning jamoatchilik bilan aloqalari boʻyicha mutaxassisi S. Musaxanova kuzatib kelishdi.    

JIDU Rektori K.X.Karimov mehmonlarni Universitet tashkiliy tuzilmasi, oʻquv jarayoni va ilmiy-tadqiqot faoliyati, oliygoh rivojlanish istiqbollari bilan tanishtirdi.

Uchrashuv davomida Aleksis Sallivan xonim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida respublikada amalga oshirilayotgan  keng koʻlamli islohotlar, jumladan, taʼlim va fan sohasida olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berdi, talaba va tadqiqotchilar uchun taʼlim sohasida  malaka oshirish  dasturlari xususan,  Fulbrayt dasturi boʻyicha, shu bilan birga  professor P.Sigelskining ilmiy  faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot berdi.