Ilmiy seminаr
10.02.2021 1992
2021 yil 9 fevral kuni, JIDU uchinchi bosqich (PhD) doktoranti Zaynobiddinova Farangiz Baxtiyor qizining “Investitsiya shartnomalarning oʼziga xos xususiyatlari va ularni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish masalalari” mavzusidagi ilmiy seminar maʼruzasi tinglandi.
JIDU 12.00.03 – «Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq» ixtisosligi uchinchi bosqich (PhD) doktoranti Zaynobiddinova Farangiz Baxtiyor qizining “Investitsiya shartnomalarning oʼziga xos xususiyatlari va ularni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish masalalari” mavzusidagi ilmiy seminari bo`lib o`tdi.
Mazkur tadbirda JIDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektori G.Ismailova va universitetning barcha doktorantlari ishtirok etdi.
F.Zaynobiddinova tomonidan mavzuning dolzarbligi, tadqiqot ishining ilmiy-amaliy ahamiyati, o‘rganilganlik darajasi, ilmiy yangiligi, maqsad va vazifalari keng ochib berildi. Shuningdek, mamlakatimizda investitsiya siyosatini isloh qilish, investitsiyaviy faoliyatni shartnomaviy-huquqiy tartibga solish borasida bugungi kundagi muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy-nazariy va amaliy takliflar ilgari surildi.
Ma`ruza so`nggida tinglovchilar mavzu doirasidagi ko`plab savollariga javob oldilar. Ilmiy seminar barchada ijobiy taasurot qoldirdi.