“Xalqaro munosabatlar” kafedrasida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi
06.02.2021 1866
2021 yil 2-fevral, soat 16.00 da Xalqaro munosabatlar kafedrasida ikkinchi kurs doktoranti Maxmasobirova Y.ning “O'zbekiston va Fransiya o'rtasidagi hamkorlikning zamonaviy holati va istiqbollari” mavzusidagi ma'ruzasi bo'yicha ilmiy seminar bo’lib o'tdi.
Ilmiy seminarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ma’muriyati, professor-o’qituvchilari vakillari, shuningdek doktorantlar ishtirok etishdi. Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan tadqiqotning dolzarbligi va joriy xulosalar muhokama qilindi. Ta’kidlandiki, Fransiya O’zbekiston bilan eng birinchilardan bo’lib rasmiy diplomatik munosabatlar o’rnatgan davlatlardan biri bo’lishiga qaramasdan, Fransiyaning jahon siyosatidagi umumiy faoliyati hamda O’zbekistonning Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, AQSh, Hindiston, Koreya Respublikasi, Germaniya, kabi global aktorlar bilan faol va samarali siyosiy-iqtisodiy aloqalari doirasida, o’zbek-fransuz hamkorligi nafaqat Fransiya, balki O’zbekiston uchun ham ustuvor va o’ta ahamiyatli bo’lib ko’rinmasligi mumkin. Shu sabab, O’zbek-fransuz munosabatlarining hozirgi holati, rivojlanishining progressiv va regressiv dinamikasi hamda istiqbollarini, ikki tomonlama hamkorlikning yashirin salohiyatini ro’yobga chiqarishga xizmat qiluvchi sohalarni aniqlash zamonaviy ilm-fan uchun dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Shuningdek, seminar davomida ma’ruzachining dissertatsiya ishini yanada takomillashtirish bo’yicha fikr almashildi, takliflar bildirildi. Tadbir yakunida, bunday seminarlar doimiy ravishda yanada kengroq auditoriya bilan o’tkazilishi e’lon qilindi.