10.11.2016 30776

2016 yil 9 noyabr kuni murabbiylik soatida O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2016 yil 7 oktyabrdagi “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko'rish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bo'yicha o'tkaziladigan tadbirlar dasturi to'g'risida”gi 748-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “Saylov - demokratiya ko'zgusi” mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Suhbatda JIDU professori R.F.Farmonov, JIDU dotsenti F.M. Fayziev va JIDU “Kamolot” YoIH BT etakchisi J.Shamsutdinov ishtirok etdi. O'z chiqishlarida professor R.F.Farmonov va dotsent F.M. Fayziev mustaqillik yillarida yurtimizda amalga oshirilgan demokratik yangilashlar, siyosiy jihatdan modernizatsiyalashga qaratilgan islohotlarga e'tibor qaratdi. Shu bois, 4 dekabr kuni bo'lib o'tadigan Prezidentlik saylovi ham ko'ppartiyaviylik asosida bo'lib o'tayotganini ta'kidlab o'tdi. Xorijiy saylovlar tajribasiga ham e'tibor qaratdilar. Mavzu yuzasidan talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildi va tegishli javoblarga ega bo'ldi. Suhbatda barcha fakultet 3 kurs talabalari ishtirok etdi.